🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatrida «Yangi yil» tadbirlari oldidan bolalarga elektr energiyasi va suvni tejash, undan oqilona foydalanish buyicha tushuntirishlar olib borish maksadida yangi yil ertak qahramonlari tilidan sahna kurinishi namoish etilmoqda.
Shuningdek ertak qahramonlari bilan bolalar tabiiy boyliklarimizni asrash haqida suhbat ham tashkil etilmoqda. Targ’ibotdan so’ng bolajonlar etiboriga eksperiment uchun yosh rejissyor Begzod Soriyev tomonidan sahnalashtirilgan muallif: E. Shvartsning «Qor malikasi» spektakli namoish etildi.
Spektaklni bolajonlar juda yakhshi qabul qilishdi.
Spektakldan so’ng bolajonlar bilan teatr adabiy qism mudiri: Gulchehra Salimova olgan taassurotlari haqida suhbalashdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan