Jizzax viloyat qo’g’irchoq teatrida 2024-yil 22-mart kuni 27-mart «Xalqaro teatr kuni» munosabati bilan 21-27-mart kunlari o’tkaziladigan “Teatr tomoshalari haftaligi”ning ochilish marosimi bo’ldi. Tomoshabinlarni teatr hovlisida ertak qahramonlari obrazini gavdalantirgan ijodiy guruh ko’tarinki kayfiyatda kutib oldilar. Xaftalikning birinchi kunida tomoshabinlar e’tiboriga A.Abdullayevning “Maqtanchoq jo’ja” spektakili namoyish etildi. Shuningdek, ularga bayram sovg’asi sifatida qo’g’irchoqlar raqsi ham namoyish etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan