Jizzax viloyat qo’g’irchoq teatri Samarqandda.
Jizzax viloyat qo’g’irchoq teatri ijodiy guruhi 2024-yil 27-may kuni Respublikamizning Samarqand viloyatiga gastrol safariga yo’l oldilar. Ijodiy safar viloyatning Samarqand shahrida joylashgan 104- Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 78-davlat ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan boshlandi. Tadbirlar davomida tomoshabinlar e’tiboriga X.Ubaydullayevning “Botir bola” spektakli namoyish etildi. Spektakl bolajonlarda katta taassurot qoldirdi.
