#Taqdimot
🎭 Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatrida 17 noyabr kuni Rudyard Kipling asari asosida, Munisa Igamnazarova qalamiga mansub, rejissyor – Begzod Soriyev tomonidan sahnalashtirilgan “Filcha” spektakli O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy kengash mutaxassislari ko‘rigiga taqdim etildi.
Taqdimotda Badiiy kengash a’zolari: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Teatr Arboblari uyushmasi bo‘lim boshlig‘i, teatrshunos – Tohir Do‘stmuhammedov hamda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zDSMI o‘qituvchisi, rejissyor – Fathulla Xo‘jayev ishtirok etishdi.
Muhokama natijasiga ko‘ra, spektakl mutaxassislar tomonidan bildirilgan fikr va tavsiyalar, takliflar inobatga olingan holda qabul qilindi va tomoshabinlarga namoyish etishga ruxsat berildi.
