🎭 Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatrida rejissyor – Karomat Isamova tomonidan sahnalashtirilayotgan «Dev bizning do‘stimiz» spektaklining repetitsiya jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Rejissyor spektaklga o‘zgacha yondashib, aktyorlarni mahoratidan unumli foydalanmoqda.
Spektaklni 24 oktyabr kuni Madaniyat vazirligi mutaxassislariga topshirish arafasidalar.
