💐 “Navro‘z” umumxalq bayramining shukuhi davom etayotgan ayni kunlarda viloyatimizning barcha mahallalarida, shu jumladan qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh hududlardagi mahallalarda xalq sayllari shodu-xurramlik bilan bo’lib o’tmoqda.
💥 Bugun 29-mart kuni Zomin tumanining “Baxt” va “Yom” mahallalarida «Vatan yagonadir, vatan bittadir» shiori ostida «Millatlar do‘stligi» bayram sayllari o‘tkazilmoqda.
🎭 Jizzax viloyat Qo’g’irchoq teatri ijodiy jamoasi ham ushbu bayram saylida ishtirok etishdi.
✨ Shu bilan bir qatorda turli millat va elatlarning vakillari bilan birgalikda o‘tkazilayotgan ushbu tadbirlarda milliy taomlar, milliy kiyimlar ko’rgazmalari, milliy xalq o’yinlari hamda qo’g’irchoq teatri aktyorlari, estrada xonandalari, folklor etnografik xalq ansambllari ishtirokidagi konsert dasturlar namoyish etildi.
🌐Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatrining Matbuot xizmati. (https://jizzaxpuppet.uz/)
