🗓️ 2025  yil 21 – mart kuni
🎭 Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Samarqand viloyatining “BOQIY SHAHAR” turizm majmuasida bo‘lib o‘tgan «Navro‘z» umumxalq bayram saylida hamda Samarqand shahrining eng zamonaviy, xalq sevgan maskan «FAMILY PARK» majmuasida «Milliy qo’g’irchoqlar raqsi» musiqiy dasturi va milliy o’yinlari bilan ishtirok etishdi.

🎭 Jizzax viloyat Qo’g’irchoq teatri ijodiy jamoasining milliy sahnaviy chiqishlari Samarqand aholisi va chet ellik mehmonlarga juda manzur bo‘ldi.

🌐Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatrining Matbuot xizmati (https://jizzaxpuppet.uz/).

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan