#Markaziy_harbiy_okrug
❄️ 2025 yil 7 yanvar kuni
🎭 Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Jizzax viloyat markaziy harbiy okrug garnizoniga borishdi.
⚡️ Jizzax garnizoni harbiy qism harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari hamda farzandlariga Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongida ona Vatanni sevish va uni ardoqlash muqaddas burch ekanini chuqur singdirish maqsadida «Yangi O’zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi xalqimiz faxri» shiori ostida hamda mavjud imtiyoz va imkoniyatlar hamda ulardan foydalanish tartibi mavzularida Jizzax viloyat Qo’girchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan ”SEHRLI YANGI YIL” musiqiy bayram – shousi tomoshasi tashkil etildi.
Tadbir so’nggida harbiy garnizon boshlig’i tomonidan harbiy hizmatchilar va ularning oila a‘zolariga madaniy hordiq tadbiri tashkillashtishga yordam berganligi uchun
🎭 Jizzax viloyat Qo’girchoq teatri «TASHAKKURNOMA» bilan taqdirlandi.
