❄️ 27 dekabr kuni
🎭 Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatriga viloyatning Sharof Rashidov tumanida joylashgan 35 – sonli o‘rta umumta‘lim maktab o’quvchilari, Jizzax viloyati «Mobiuz» uyali aloqasi hamda Jizzax viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi  xodimlarining farzandlari kelishdi.

Bolajonlar e’tiboriga rejissyor Timur Rahmatullayev tomonidan sahnalashtirilgan ”SEHRLI YANGI YIL” musiqiy bayram – shousi va rejissyor Begzod Soriyev tomonidan sahnalashtirilgan «QOR MALIKASI» spektakli namoyish etildi.

Spektakl va «Yangi yil» bayram tomoshasi bolajonlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan