💐 “Navro‘z” umumxalq bayramining shukuhi davom etayotgan ayni kunlarda viloyatimizning barcha mahallalarida, shu jumladan qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh hududlardagi mahallalarda xalq sayllari shodu-xurramlik bilan bo’lib o’tmoqda.
💥 30 – mart kuni Baxmal tumanidagi «Novqa» va «Temirqadam» mahallalarida ham «Vatan yagonadir, vatan bittadir» shiori ostida «Millatlar do‘stligi» bayram shodiyonalari bo‘lib o‘tdi.
✳️ Bayram doirasida turli millatlarning urf-odatlari, milliy taomlar va hunarmandchilik ko‘rgazmalari, xalq o‘yinlari, sport musobaqalari va teatrlashtirilgan konsert dasturlari namoyish etildi.
🎭 Jizzax viloyat Qo’g’irchoq teatri ijodiy jamoasi ham ushbu bayram saylida faol ishtirok etishdi.
🌐Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatrining Matbuot xizmati. (https://jizzaxpuppet.uz/)
