❄️ 25 dekabr kuni
🎭 Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatriga viloyatimizning Sharof Rashidov tumanida joylashgan 19-50- sonli o‘rta umumta‘lim maktab o’quvchilari va ONMTM, MTM tarbiyalanuvchi bolajonlari kelishdi.
Bolajonlar e’tiboriga bo’lajak yosh rejissyor Timur Rahmatullayev tomonidan sahnalashtirilgan ”SEHRLI YANGI YIL” musiqiy bayram – shousi namoyish etildi.
Bolajonlar «Yangi yil» bayram tomoshasidan bir dunyo quvonch olib ketishdi.
