❄️ 2025 yil 10 yanvar kuni
🎭 Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatrida 14 – yanvar ”VATAN HIMOYACHILARI KUNI» munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirga Jizzax viloyat FVV bosh boshqarmasi hodimlari va ularning oila a’zolari farzandlari bilan kelishdi.
Ularning e’tiboriga teatr ijodiy jamoasi tomonidan ”QO’G’IRCHOQLAR RAQSI” musiqiy konsert – shousi namoyish etildi va yosh estrada xonandalari ijrosida qo’shiqlar ijro etildi.
Tadbir so’nggida FVV boshqarmasi tomonidan teatr ma’muriyatiga minnatdorchilik bildirildi.
