2025 yil 2-iyul kuni
🎭 Jizzax viloyat qo’g’irchoq teatrida yangi saxnalashtirilgan spektakllar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy kengash mutaxassislari ko‘rigiga taqdim etildi.
Badiiy kengash a’zolari: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Teatr Arboblari uyushmasi bo‘lim boshlig‘i, teatrshunos – Tohir Do‘stmuhammedov qatnashdilar.

Mutaxassislar e’tiboriga avvalo yosh sahnalashtiruvchi rejissyor – Begzod Soriyev tomonidan sahnalashtirilgan Akbar Abdullayev qalamiga mansub «Do’stlik bog’i» spektakli namoyish etildi.
Spektakl yuzasidan mutaxassislar juda yaxshi fikrlarni bildirdilar.
Shuningdek, yosh rejissyorga spektakl yuzasidan o’zlarining tavsiyalarini berdilar.

Keyin esa navbatdagi rus halq klassik ertagi asosida bosh rejissyor – Shaodat Usmanova tomonidan sahnalashtirilgan, A.S. Pushkin qalamiga mansub
(SH. Usmanova tarjimasi va insenirovkasi) «Oltin baliq» spektakli mutaxassislar e’tiboriga havola etildi. Spektakl judayam chiroyli ishlanganligi bilan alohida tahsinga sazovor ekanligi,  uni festivallarga olib borib namoyish etishga loyiq ekanligi e’tirof etildi.

Spektakllar bir ovozdan qabul qilinib, premyerasi o’tkazilishiga ruxsat berildi.

🌐Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatrining Matbuot xizmati. (https://jizzaxpuppet.uz/)

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan