#Qogirchoq
#Teatr
#Spektakl

🎭 Jizzax viloyat qo’g’irchoq teatrida
2025 yil 29-iyun kuni O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, bosh rejissyor – Shaodat Usmanova tomonidan sahnalashtirilgan A.S. Pushkin qalamiga mansub ”Oltin baliq” rus-klassik ertagi hamda yosh rejissyor – Soriyev Begzod tomonidan sahnalashtirilgan A. Abdullayev qalamiga mansub ”Do’stlik bog’i” spektakllari teatr Badiiy kengashi a’zolari  ko’rigiga topshirildi.

Spektakllar Badiiy kengash a’zolari  tomonidan yaxshi qabul qilinib, mulohazalar, takliflar bildirildi.

Ko’rsatilgan fikr va takliflar inobatga olgan xolda spektakllarga tuzatishlar kiritilib va bildirilgan juz’iy kamchiliklarni to’g’irlangan holda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy kengash mutaxassislari ko’rigiga topshirish uchun ruxsat etildi.

🌐Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatrining Matbuot xizmati. (https://jizzaxpuppet.uz/)

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan