#dolzarb_90kun

O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2025-yil 15-may kuni maktab ta’limi sohasiga oid videoselektor yigʻilishida ilgari surilgan “Dolzarb 90 kunlik” dastur bo’yicha

1-iyun kuni
🎭 Jizzax viloyat qo’g’irchoq teatri ijodiy jamoasi Jizzax shahar MMTBga qarashli
4-sonli umumta’lim o’rta maktab qoshida tashkil etilgan ”Boychechak” yozgi oromgohiga borishdi.

Oromgohdagi bolajonlar e’tiboriga
🎭 Jizzax viloyati qóğirchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan
”To’qson to’qqiz tilla tanga” spektakli namoyish etildi.

Rejissyor: Ilhom Absalomov.
Muallif: Mansur Kuryazov.
Aktyorlar: Ishankulov Shuxrat, Mo’minov Ozod va Usmonov Xusanboy.

Spektakl so’nggida umumta’lim o’rta maktabi rahbariyati tomonidan qo’g’irchoq teatri rahbariyatiga hamda ijodiy jamoaga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirildi.

🌐Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatrining Matbuot xizmati. (https://jizzaxpuppet.uz/)

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan