#mehr_va_quvonch

Mehr va quvonchga to‘la sahna: bolalar uchun qo‘g‘irchoq teatri namoyishi.

🏥 Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli bolalar markazida “Bor mehrimiz sen uchun Bolajon” shiori ostida bolajonlar uchun quvonchli va esda qolarli tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida bolalarning sevimli ko‘ngilochar shakllaridan biri — ”Qo‘g‘irchoq teatri” sahnaga chiqarildi.

Bolajonlar ”Qo’g’irchoqlar raqsi” konsert tomoshasini zavq bilan tomosha qilar ekan, ularning yuzlarida samimiy tabassum, ko‘zlarida esa porloq orzular porlab turdi.

Shuningdek, tadbir davomida bolalar o‘zlarining iste’dodlarini namoyon etib, she’rlar o‘qishdi, quvnoq kuy-qo‘shiqlarga hamohang bo‘lishdi. Ularning har bir chiqishi ishtirokchilarga ijobiy kayfiyat ulashdi.

Tadbirda O’zXDP Jizzax shahar kengashi raisi N.Siddiqov, OMQPH “Yoshlar parlamenti”, Jizzax viloyat qo’g’irchoq teatri ijodiy jamoasi hamda “Sog’lom avlod uchun” hayriya jamoat fondi vakillari ishtirok etdilar.

🌐Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatrining Matbuot xizmati. (https://jizzaxpuppet.uz/)

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan