#ijodiy_safar
Qoraqalpog’iston Respublikasi qo’g’irchoq teatri ijodiy jamoasi Jizzaxda!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2023-yil 25-dekabrdagi PQ 406-sonli “Aholiga Madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini hamda,O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining 01.05.2025 yil kungi “Aholining teatrlarga tashrifini tizimli yo’lga qo’yish” hamda “Teatr ibratxonadir” dasturini amalga oshirish to’g’risidagi V.M 21/25-79 sonli XPFU xatini ijrosini  ta’minlash maqsadida
🗓️ 3-iyun kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi qo’g’irchoq teatr ijodiy jamoasi Jizzax viloyatiga ijodiy safar bilan tashrif buyurishdi.

Safar chog’ida Qoraqalpoqlik hamkasblarimiz Jizzax shahrida joylashgan 14-sonli ”LAYLO” MTM tarbiyalanuvchi bolajonlari e’tiboriga rejissyor – F. Mirzayev tomonidan sahnalashtirilgan ”SEHRLI OLMA” spektaklini namoyish etishdi.

Jizzaxlik bolajonlarimiz  spektaklni maroq bilan tomosha qilishdi.

🌐Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatrining Matbuot xizmati. (https://jizzaxpuppet.uz/)

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan