Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida 2025 yilda ”Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish” yuzasidan chora-tadbirlar dasturini 30-bandiga asosan
🎭 Jizzax viloyat qo’g’irchoq teatrida 2025 yil 26-iyun kuni teatr yoshlari oʻrtasida yuqori natijalarga erishgan yosh mutaxassislar bilan “Muvaffaqiyat sirlari” mavzusida motivatsion uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda yosh rejissyorlar – Begzod Soriyev hamda Temur Rahmatullayevlar erishgan yutuqlarining sirlari, hozirgi natijalarga erishish tinimsiz mehnat va izlanish tufayli ekanligini eʼtirof etish bilan birgalikda tengdoshlari bilan kelgusidagi rejalarini oʻrtoqlashdilar.
Bunday uchrashuvlar yoshlarni oʻz ustilarida ishlashga, izlanishga chorlaydi.
🌐Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatrining Matbuot xizmati. (https://jizzaxpuppet.uz/)
