#ijodiy_safar

🎭 Jizzax viloyat qo’g’irchoq teatri ijodiy jamoasi NAVOIYDA!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2023-yil 25-dekabrdagi PQ 406-sonli “Aholiga Madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini  ta’minlash maqsadida
9-sentyabr kuni
🎭 Jizzax viloyat qo’g’irchoq teatri ijodiy guruhi Navoiy viloyatiga  ijodiy safar bilan tashrif buyurishdi.

🎭 Jizzax viloyat qo’g’irchoq teatri ijodiy jamoasi teatr binosining kichik zalida bolajonlar uchun rejissyor – R. Dehqonboyev tomonidan sahnalashtirilgan ”OLTIN TARVUZ” spektaklini namoyish etdilar.

🧑‍🤝‍🧑 Teatr jamoasi o‘zining quvnoq spektakli bilan Navoiylik bolajonlarga xush kayfiyat ulashdi.

💥 Mazkur ijodiy safar o’z nihoyasiga etdi.

🌐Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatrining Matbuot xizmati. (https://jizzaxpuppet.uz/)

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan