🎉 🎭 JIZZAX VILOYAT QO’G’IRCHOQ TEATRI 42 YOSHDA!
10-sentyabr kuni
🎭 Jizzax viloyat qo’g’irchoq teatrining
42- mavsum ochilishi bo’lib o’tdi.
👫 Teatr mavsum ochilishiga tashrif buyurgan Jizzax shahrida joylashgan ONMTM va DMTT tarbiyalanuvchilarini ertak qahramonlari tantana bilan kutib olishdi va quvnoq tomoshalari bilan bolajonlarga zavq ulashishdi.
So’ng bolajonlar e‘tiboriga
rus xalq klassik ertagi asosida teatr bosh rejissyori, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist – Shaodat Usmanova tomonidan sahnalashtirilgan, A.S. Pushkin qalamiga mansub «Oltin baliq»
( Insenirovka va tarjima: SH. Usmanova) spektakl premyerasi namoyish etildi.
💥 Mavsum ochilishi barcha bolajonlarga shodlik ulashdi.
🌐Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatrining Matbuot xizmati. (https://jizzaxpuppet.uz/)
