#taqdimot
16-oktyabr kuni
🎭 Jizzax viloyat qo’g’irchoq teatrida yangi sahnalashtirilgan spektakl O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy kengash mutaxassislari ko‘rigiga taqdim etildi.
Badiiy kengash a’zolari:
San’atshunoslik fanlari nomzodi, professor – Rizayev Omonulla Zufarovich va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, O’zDSMI professori, rejissyor – Ashurova Maryam Xamidovna ishtirok etishdi.
Mutaxassislar e’tiboriga
rus xalq ertagi asosida O. Emilyanova insenirovkasi teatr aktyori, sahnalashtiruvchi rejissyor – Islomov Toshpo’lat tomonidan sahnalashtirilgan
«Битый не битого везёт» spektakli mutaxassislar e’tiboriga havola etildi.
Spektakl yuzasidan mutaxassislar juda yaxshi fikrlarni bildirdilar va o’zlarining tavsiyalarini berdilar.
Spektakl judayam chiroyli ishlanganligi, kelgusida bolajonlarga namoyish etishga loyiq ekanligi e’tirof qilindi va premyerasi o’tkazilishiga ruxsat berildi.
