#ijodiy_safar
🎭 Navoiy viloyat qo’g’irchoq teatri ijodiy jamoasi JIZZAXDA!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2023-yil 25-dekabrdagi PQ 406-sonli “Aholiga Madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 8-oktyabr kuni
Navoiy viloyat qo’g’irchoq teatri ijodiy guruhi Jizzax viloyatiga ijodiy safar bilan tashrif buyurishdi.
🎭 Jizzax viloyat qo’g’irchoq teatri ijodiy jamoasi kutarinki ruhda kutib olishdi.
🎭 Navoiy viloyat qo’g’irchoq teatri ijodiy jamoasi Jizzax shahrida joylashgan 1-sonli MTM tarbiyalanuvchilariga, hamda G’allaorol tuman madaniyat saroyida maktab o’quvchilari etiboriga rejissyor – Akmal Shodiyev tomonidan sahnalashtirilgan ”QUVNOQ OILA” spektaklini namoyish etishdi. Jizzaxlik bolajonlarga spektakl bir dunyo zavq ulashdi.
