✨ #Oltin_kuz
#qugirchoq_teatr
Joriy yilning 31-oktyabrdan 4-noyabrgacha Toshkent viloyatida bo’lib o’tgan
“Oltin kuz” forumi doirasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi spektakllar” va
“Qo‘g‘irchoq teatrlarining respublika tanlovi”da
🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi rus xalq klassik ertagi asosida,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist va rejissyor Shaodat Usmanova tomonidan sahnalashtirilgan,
A.S. Pushkin qalamiga mansub
(insenirovka va tarjima — Sh. Usmanova)
🎣 “Oltin baliq” spektakli bilan ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi!
👏 Bu yutuq — ijodkor jamoaning mehnati, fidoyiligi va san’atga bo‘lgan cheksiz muhabbatining samarasidir! 💫
🎉🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri jamoasini va barcha teatr ixlosmandlarini ushbu g‘alaba bilan chin dildan tabriklaymiz! 💐
