#madaniy_tadbir
30-oktyabr kuni
Jizzax shahar maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda
🎭 Jizzax viloyat Qo’g’irchoq teatri bilan hamkorlikda davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida ”JAJJI NURLI YULDUZLAR“ festivalining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.
💥 Mazkur festivalni o’tkazilishidan maqsad maktabgacha yoshdagi isteʼdodli bolalarni aniqlash va ularning ijodiy qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish, rivojlantirish, qoʻllab quvvatlash va ragʻbatlantirish;
bolalarning sanʼat va madaniyatga boʻlgan qiziqishini oshirish, milliy va umumbashariy qadriyatlarni targʻib qilish;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida bolalarning sanʼat va madaniyatga boʻlgan qiziqishini oshirish, havaskorlik sanʼati, xalq ogʻzaki ijodiyotini yanada rivojlantirish va milliy cholgʻu asboblaridan foydalanishga oʻrgatish;
bolalar oʻrtasida doʻstlik va ijodiy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
