Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan madaniy tadbir o‘tkazildi
11-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Jizzax viloyat teleradiokanali davlat muassasasi kasaba uyushmasi tashabbusi bilan jamoada faoliyat yuritayotgan xodimlar farzandlari uchun madaniy tadbir tashkil etildi.
Tadbir Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri hamkorligida o‘tkazildi.
Unda kichkintoylar uchun teatrning sahnalashtiruvchi rejissyori Soriyev Begzod tomonidan sahnalashtirilgan, muallif Akbar Abdullayev asari – “Do‘stlik bog‘i” spektakli namoyish etildi.
Mazkur tadbir kichkintoylarga quvonch va ijobiy kayfiyat ulashdi.
