#Oltin_kuz
#qugirchoq_teatr

“Oltin kuz” forumi doirasida “Eng yaxshi spektakllar” va “Qo‘g‘irchoq teatrlarining respublika tanlovi” bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 31-oktyabr – 4 noyabr kunlari bo’lib o’tayotgan forum doirasida teatr ijodkorlarining ijodiy salohiyati, malakaviy ko‘nikmalarini oshirish, respublika teatrlari ijodi bilan yaqindan tanishtirish, teatr jamoalari o‘rtasida doimiy ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish uchun sharoit yaratish hamda ushbu san’at turining rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida “Eng yaxshi spektakllar” va “Qo‘g‘irchoq teatrlarining respublika tanlovi” o‘tkazildi.
🎭 Jizzax viloyat qo’g’irchoq teatri ijodiy jamoasi Respublika milliy qo’g’irchoq teatrida
rus xalq klassik ertagi asosida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, rejissyor – Shaodat Usmanova tomonidan sahnalashtirilgan, A.S. Pushkin qalamiga mansub
( Insenirovka va tarjima: SH. Usmanova)
“OLTIN BALIQ” spektakli bilan ishtirok etdilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan