🎄 Yangi yil quvonchi bolajonlar bilan!

✨ Jizzax shahridagi Yoshlar markazida bolalar uchun bayramona Yangi yil tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda 🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi “Yulduzchalar” nomli yangi yil tomoshasi bilan ishtirok etdi.

Bayram dasturi doirasida jamoat tashkilotlari a’zolarining 170 nafar farzandi hamda 50 nafar kam ta’minlangan oila bolalari uchun quvnoq qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

🎅🎶Qorbobo va Qorqiz chiqishlari esa bolajonlarga unutilmas kayfiyat ulashdi.❄️🤍

🎁 Tadbir yakunida barcha bolalarga Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyevning Yangi yil sovg‘alari topshirildi.

✨ Bolalar kulgusi — bayramimizning eng go‘zal bezagi!

🌐 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri Matbuot xizmati (https://jizzaxpuppet.uz/)

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan