#yangiyil 🎄✨

🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri sahnasida Yangi yil bayrami munosabati bilan bolajonlar uchun mo‘jizalarga boy, quvonch va shodlik ulashuvchi tomoshalar davom etmoqda.

📅 23-dekabr kuni teatr sahnasida viloyatimizning Sh. Rashidov tumanida joylashgan 16–17-umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun yosh rejissyor T. Raxmatullayev tomonidan sahnalashtirilgan “YANGI YILDAGI ORZU” nomli bayram tomoshasi namoyish etildi.

✨ Ushbu tomosha bolajonlarga Yangi yil kayfiyati, ezgulik va orzular olamini tuhfa etib, ularning qalbida unutilmas taassurotlar qoldirdi.

🌐 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri Matbuot xizmati (https://jizzaxpuppet.uz/)

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan