#yangiyil
#QogirchoqTeatri #BolalarBayrami
📅 26-dekabr kuni
🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri sahnasida Sharof Rashidov tumanida joylashgan 29-, 30-, 15- va 6-son umumta’lim maktablari o‘quvchilari hamda Milliy gvardiyaning Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining farzandlari uchun bayramona
🎄✨Yangi yil tomoshasi namoyish etildi.
🎭 “YANGI YILDAGI ORZU” nomli spektakl bolajonlarga Yangi yilning sehrli muhitini, quvonch va ezgulik tuyg‘ularini ulashdi.
✨ Bayram tomoshasi kichkintoylar qalbida unutilmas taassurotlar qoldirib, ularga ko‘tarinki kayfiyat va samimiy quvonch bag‘ishladi.
🌐 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri Matbuot xizmati (https://jizzaxpuppet.uz/)
