🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatrida fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi
🗓️ Joriy yilning 20–21-dekabr kunlari Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatrida Jizzax shahridagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasi tashkil etildi.
🎉 Olimpiada yakunida ishtirokchi o‘quvchilar uchun yosh rejissyor T. Raxmatullayev tomonidan sahnalashtirilgan 🎄 “YANGI YILDAGI ORZU” nomli bayram tomoshasi namoyish etildi. Shuningdek, Qorbobo tomonidan g‘olib o‘quvchilarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
✨ Tomosha bolajonlarga quvonch, zavq-shavq va unutilmas Yangi yil kayfiyatini ulashdi.
🌐 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri Matbuot xizmati (https://jizzaxpuppet.uz/)
