#taqdimot

📅 27-dekabr kuni
🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatrida yangi sahnalashtirilgan spektakl O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy kengash mutaxassislari ko‘rigiga taqdim etildi.

👥 Badiiy kengash a’zolari: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, O‘zDSMI professori, rejissyor Ashurova Maryam Hamidovna, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zDSMI o‘qituvchisi, dotsent, rejissyor Fathulla Xo‘jayev.

🎭 Mutaxassislar e’tiboriga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, bosh rejissyor Shaodat Usmanova tomonidan sahnalashtirilgan, muallif Munira Qilichova qalamiga mansub (insenirovka — Sh. Usmanova) “Ozodlik oltindan qimmat” spektakli havola etildi.

📝 Spektakl yuzasidan Badiiy kengash a’zolari tomonidan juda ijobiy fikr-mulohazalar bildirilib, qimmatli tavsiyalar berildi. Asarning badiiy jihatdan puxta ishlangani hamda bolajonlar uchun namoyish etishga munosib ekani alohida e’tirof etildi.

🌐Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatrining Matbuot xizmati. (https://jizzaxpuppet.uz/)

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan