🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatrida yoshlar bilan motivatsion uchrashuv bo’lib o’tdi.

🗓️ 2025 yil 15-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish” chora-tadbirlar dasturining 11-bandi ijrosiga muvofiq, yoshlar ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida teatrning sahnalashtiruvchi rejissyori Begzod Soriyev yoshlar bilan muloqot olib borib, ularning teatrga bo‘lgan qiziqishini oshirish, fikr va mulohazalarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratdi.

Mazkur uchrashuvlar yoshlarni o‘z ustida ishlashga, ijodiy faollikni kuchaytirishga va yangi marralarni egallashga ruhlantiradi.

🌐Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatrining Matbuot xizmati. (https://jizzaxpuppet.uz/)

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan