#Prezidentarchasi
#QogirchoqTeatri
#yangiyil

🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi
Jizzax shahrida bo‘lib o‘tgan “Prezident archasi” bayram tadbirida faol ishtirok etdi.

🎄 Bayram tadbirida Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev qatnashib, bolajonlarni Yangi yil bayrami bilan samimiy tabrikladi hamda ularga ezgu tilaklarini bildirdi.

✨ Tadbir davomida bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlarining ahamiyati alohida ta’kidlandi. Joriy yilda viloyatimizdagi 370 nafar bolajonga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan maxsus sovg‘alar tantanali tarzda topshirildi.

🎶 Bayramona konsert dasturi esa bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat, quvonch va unutilmas taassurotlar ulashdi.

🌐 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri Matbuot xizmati (https://jizzaxpuppet.uz/)

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan