30-yanvar kuni
🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatrida bolajonlar kulgusi va quvonchi hukm surdi.
Jizzax shahrida joylashgan “МОЯ РАДОСТ” nomli ONMTM tarbiyalanuvchilari teatrimiz mehmoni bo‘lishdi. 👶✨

👫 Kichkintoy tomoshabinlar e’tiboriga teatr aktyori, bo‘lajak rejissyor Islomov Toshpo‘lat tomonidan rus xalq ertagi asosida sahnalashtirilgan “БИТЫЙ НЕ БИТОГО ВЕЗЁТ” (Bo‘ri va tulki) spektakli ilk bor namoyish etildi.

💥 Sahna ortidan yangragan kulgilar, bolalarning quvonchga to‘la nigohlari spektaklning naqadar iliq va samimiy o‘tganidan dalolat berdi. Tomosha bolajonlarga unutilmas lahzalar, beg‘ubor quvonch va sehrli kayfiyat ulashdi.

🌈 San’at bolalar qalbida quvonch uyg‘otgan lahzalar — biz uchun eng katta baxt!

🌐 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatrining Matbuot xizmati (https://jizzaxpuppet.uz/)

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan