#Bayram_shukuhi 🌸
🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatrida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ko‘tarinki kayfiyatda bayram tadbiri tashkil etildi.
🌺 Tadbir davomida teatr direktori Mamatov Orifjon O‘ktamovich jamoamizning barcha ayollarini ushbu go‘zal bayram bilan samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, cheksiz quvonch va ish faoliyatlarida ulkan zafarlar tiladi.
💐 Bayram yakunida teatrda faoliyat yuritayotgan ayollarga yigitlar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirilib, ularga hurmat va ehtirom izhor etildi. Tadbir samimiy tabriklar, iliq tilaklar va bayramona kayfiyat bilan davom etdi.
