#QogirchoqTeatri
#ijodiy_safar

🎉 1-iyun Bolajonlar bayrami munosabati bilan
🎭 Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Sh.Rashidov tumanida joylashgan ONMTM va MTMlarga ijodiy tashrif buyurdi.

✨ Tashrif davomida bolajonlar e’tiboriga teatrning rejissyor Ilhom Absalamov tomonidan sahnalashtirilgan “Badjahl Quyoncha” spektakli namoyish etildi.

🌈 Spektakl davomida kichkintoylar ertak qahramonlari bilan birga quvonchli lahzalarni boshdan kechirib, ezgulik, do‘stlik va mehr-oqibat haqidagi saboqlardan bahramand bo‘lishdi.

👏 Tomosha bolajonlarda katta taassurot qoldirib, ularning yuzlarida quvonch va tabassum uyg‘otdi.

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube| Veb-sayt

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan