#Xalqaro_teatr_kuni

🎭 27-mart «XALQARO TEATR KUNI» munosabati bilan Jizzax viloyat musiqali drama teatrida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

💥 Sana munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda
Jizzax viloyat musiqali drama teatri hamda Jizzax viloyat Qo’g’irchoq teatrida faoliyat olib borayotgan xodimlarga Jizzax viloyati hokimining soha vakillariga yo‘llagan tabriknomasini
Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari Shukurullayev Sardor Shuxratovich o‘qib eshittirdi.

✳️Shundan so‘ng, viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Darxanov Azamat Qobilovich so‘zga chiqib, barcha teatr sohasi xodimlarini ushbu sana bilan muborakbod etib, sohada samarali mehnat qilib kelayotgan xodimlardan bir guruhini tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

✨ Tadbirning badiiy qismida konsert dasturi namoyish etildi.

🌐🎭 Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatrining Matbuot xizmati. (https://jizzaxpuppet.uz/)

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan