26-may kuni
🎭 Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Jizzax viloyat Zomin tumani  «YOSHLAR SHAHARCHASI»da joylashgan madaniyat saroyiga borishdi.

U erda Zomin tumani DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli 9225-harbiy qism boshqarmasi harbiy xizmatchilari va ularning farzandlariga 1-iyun ”Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Jizzax viloyat Qo‘girchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan rejissyor – K. Isamovaning ”SEHRLI OLMA” spektakli hamda ”Qo‘g‘irchoqlar raqsi” musiqiy shousi namoyish etildi.

Tadbir so‘nggida harbiy qism boshlig‘i tomonidan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga madaniy hordiq chiqarish tadbirini tashkillashishga yordam berganligi uchun
🎭 Jizzax viloyat Qo‘girchoq teatri jamoasiga tashakkur izhor etildi.

🌐Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatrining Matbuot xizmati. (https://jizzaxpuppet.uz/)

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan