#Ochiq_eshiklar_kuni
🗓️ 1-sentyabr
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yillik tantanalari munosabati bilan
🎭 Jizzax viloyat Qo’g’irchoq teatrida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir boshida bolajonlarni ertak qahramonlari kutib olishdi. So‘ng ular bolajonlarni teatr tomosha zaliga taklif etdilar. Tomosha zalida ularning e’tiboriga dramaturg H.Ubaydullaev qalamiga mansub “Botir bola” spektakli namoyish etildi.
Spektakl bolajonlarga vatanni sevish, uni himoya qilish, do‘stlik kabi ezgu tushunchalarni qiziqarli epizodlar orqali yetkazib berdi. Bolajonlar ushbu spektakldan katta taassurotlar olishdi.
Shuningdek, bolajonlar bilan “Mustaqillik mening taqdirimda” deb nomlangan jonli muloqot o‘tkazildi.
Bolajonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan teatr ijodkorlariga murojat qilib kerakli javoblarni olishdi.
🌐Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatrining Matbuot xizmati (https://jizzaxpuppet.uz/)
