#ijodiy_safar
🎭 Jizzax viloyat qo’g’irchoq teatri ijodiy jamoasi BUXORODA!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2023-yil 25-dekabrdagi PQ 406-sonli “Aholiga Madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini  ta’minlash maqsadida
8-sentyabr kuni
🎭 Jizzax viloyat qo’g’irchoq teatri ijodiy guruhi Buxoro viloyatiga  ijodiy safar bilan tashrif buyurishdi.
Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatri ijodiy jamoasi kutarinki ruhda kutib olishdi.

🎭 Jizzax viloyat qo’g’irchoq teatri ijodiy jamoasi teatr binosida IDUM tarbiyalanuvchilariga, shuningdek Buxoro shahrida joylashgan 29-sonli MTM tarbiyalanuvchi bolajonlar etiboriga rejissyor – R. Dehqonboyev tomonidan sahnalashtirilgan ”OLTIN TARVUZ” spektaklini namoyish etdilar.

Safar so’nggida ijodiy jamoaga Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatri, xamda IDUM rahbariyati tomonidan tashakkur izhor etildi.

🧑‍🤝‍🧑 Buxorolik bolajonlarga spektakl bir dunyo zavq ulashdi.

🌐Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatrining Matbuot xizmati. (https://jizzaxpuppet.uz/)

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan