#qugirchoq_teatr #ijodiy_hamkorlik
🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Dog‘iston Davlat qo‘g‘irchoq teatrida ijodiy safarda!
Ikki davlat qo‘g‘irchoq teatrlari o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlash, teatr sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek Dog‘iston va Jizzax qo‘g‘irchoq teatri o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumi ijrosini ta’minlash va ijodiy tajriba almashuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida
Joriy yilning 20-noyabr kuni
🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi ijodiy safar bilan Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston Respublikasi, Maxachkala shahriga borishdi.
Safar davomida mehmondo‘st Dog‘iston ijodkorlari jamoani iliq, samimiy va do‘stona ruhda kutib olishdi.
🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari dog‘istonlik bolajonlar uchun “TOMOSHA” nomli o‘zbek milliy-musiqiy spektaklini namoyish etishdi.
Mazkur tomosha tomoshabinlarga yorqin taassurotlar ulashdi.
