#qugirchoq_teatr #ijodiy_hamkorlik

🎭 Dog‘istonda Jizzax qo‘g‘irchoq teatri ijodiy uchrashuvi bo’lib o’tdi.
🗓️ 2025 yil 21-noyabr kuni Dog‘iston Davlat qo‘g‘irchoq teatri sahnasida Jizzax viloyati qo‘g‘irchoq teatri bilan madaniy hamkorlikning yangi bosqichi boshlandi!
👩‍🎨 O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist – Shahodat Usmonova samimiy kutib olish uchun minnatdorlik bildirib, san’at orqali ikki mintaqa do‘stligi yanada mustahkamlanayotganini ta’kidladi.
🎭 Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist-Aminat Yaxyaeva esa jizzaxlik ijodkorlarga minnatdorlik yorlig‘ini topshirib, hamkorlik yangi ufqlar ochishini qayd etdi.
🏛️ Dog’iston Madaniyat vaziri o‘rinbosari-Medina Mamatkhonova ijodiy almashinuvning ahamiyatini alohida e’tirof etdi.
✨ Tadbir so’nggida tomoshabinlar Jizzax teatrining quvnoq va rang-barang “Tomosha” spektaklidan bahramand bo‘lishdi.
🧒 Bolajonlar uchun esa interaktiv o‘yinlar, sahna orti tanishuvlar va milliy raqslar unutilmas lahzalarga aylandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan