#yangiyil 🎄✨
🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri sahnasida Yangi yil mo‘jizasi!
🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatrida 16–17–18–19-dekabr kunlari viloyatimizning Jizzax shahri hamda Sh. Rashidov tumanida joylashgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari va MTM tarbiyalanuvchi bolajonlari uchun yosh rejissyor T. Raxmatullayev tomonidan sahnalashtirilgan “YANGI YILDAGI ORZU” nomli bayram tomoshasi namoyish etildi.
✨ Yangi yil ruhida o‘tgan ushbu tomosha kichkintoylarga unutilmas taassurotlar, quvonch va shodlik ulashdi.
Sehrli sahna ko‘rinishlari, quvnoq qahramonlar va bayramona kayfiyat bolajonlar qalbida Yangi yil mo‘jizasini uyg‘otdi. 🎄
🌐 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri Matbuot xizmati (https://jizzaxpuppet.uz/)
