#yangiyil

🎄🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatrida bayram shukuhi!

🗓️ 22-dekabr kuni Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatriga Sh. Rashidov tumanida joylashgan MTM tarbiyalanuvchi bolajonlari tashrif buyurdi.

🎉 Ular uchun yosh rejissyor T. Raxmatullayev tomonidan sahnalashtirilgan
🎄 “YANGI YILDAGI ORZU” nomli bayram tomoshasi namoyish etildi.

✨ Tomosha kichkintoylarga quvonch, zavq-shavq va unutilmas Yangi yil kayfiyatini ulashdi.

🌐 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri Matbuot xizmati (https://jizzaxpuppet.uz/)

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan