#yangiyil
#QogirchoqTeatri #BolalarBayrami

📅 25-dekabr kuni
🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri sahnasida Jizzax shahrida joylashgan 1-son MTM, 22-son umumta’lim maktabi hamda Sh. Rashidov tumanidagi 16-son umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun bayramona tomosha namoyish etildi.

🎭 Yosh rejissyor T. Raxmatullayev tomonidan sahnalashtirilgan “YANGI YILDAGI ORZU” nomli tomosha bolajonlarga Yangi yilning sehrli muhitini, quvonch va ezgulik tuyg‘ularini ulashdi.

✨ Bayram tomoshasi kichkintoylar qalbida unutilmas taassurotlar qoldirib, ularga ko‘tarinki kayfiyat va quvonch bag‘ishladi.

🌐 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri Matbuot xizmati (https://jizzaxpuppet.uz/)

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan