#yangiyil
#QogirchoqTeatri #BolalarBayrami
📅 28-dekabr kuni
🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri sahnasida “Jizzax akkumulyator zavodi” AJ hamda “ALKOTEL” MCHJ xodimlarining farzandlari uchun bayramona Yangi yil tomoshasi namoyish etildi. 🎄✨
🎭 “Yangi yildagi orzu” nomli spektakl orqali bolajonlar Yangi yilning sehrli olamiga sho‘ng‘ib, quvonch, mehr va ezgulik tuyg‘ularini his etdilar.
✨ Bayram tomoshasi kichkintoylar qalbida unutilmas taassurotlar qoldirib, ularga ko‘tarinki kayfiyat va samimiy quvonch ulashdi.
🌐 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri matbuot xizmati (https://jizzaxpuppet.uz/)
