#yangiyil
#QogirchoqTeatri #BolalarBayrami
📅 29-dekabr kuni
🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatriga Viloyat “U.K.U.S” boshqarmasi, “UMS” mobil uyali aloqa kompaniyasi hamda Jizzax viloyati “TEMIR YO‘L” tizimi xodimlarining farzandlari tashrif buyurishdi.
Bolajonlar e’tiboriga teatr ijodiy jamoasi tomonidan “Yangi yildagi orzu” nomli spektakl namoyish etildi.
Shu kuni teatr ijodiy jamoasi tomonidan «Bolalar sil kasalliklari dispanseri»da davolanayotgan bolalar, shuningdek Sharof Rashidov tumanida joylashgan harbiy qism chegara qo‘shinlari xizmatchilari va ularning oila a’zolari uchun ham bayramona “Yangi yil tomoshasi” taqdim etildi.
🌐 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri matbuot xizmati (https://jizzaxpuppet.uz/)
