#yangiyil
#QogirchoqTeatri #BolalarBayrami
🗓 30-dekabr kuni, 2025 yil yakunida
🎭 Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Jizzax viloyati Zomin tumani joylashgan “Yoshlar markazi” Madaniyat saroyida bo’lishdi.
U erda Zomin tumani DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli 9225-harbiy qism harbiy xizmatchilari va ularning farzandlari uchun teatrning yosh rejissyori T. Rahmatullayev tomonidan sahnalashtirilgan “Yangi yildagi orzu” nomli bayram tomoshasi namoyish etildi.
🎄✨ Quvonch va bayramona kayfiyatga boy tomosha bolajonlar va ularning ota-onalariga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Tadbir yakunida harbiy qism boshlig‘i tomonidan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun bayram tadbirini tashkil etishga ko‘maklashgani uchun
🎭 Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatri jamoasiga samimiy minnatdorlik bildirildi.
🌐Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatrining Matbuot xizmati. (https://jizzaxpuppet.uz/)
