🗓️ Joriy yil 29-yanvar kuni
🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatrida bolalar quvonchi va beg‘ubor kulgilar bilan to‘ldi.
✨ Viloyatimizning Sh. Rashidov tumanida joylashgan ONMTM tarbiyalanuvchlari teatrimiz mehmoni bo‘lishdi.
👫 Kichkintoy tomoshabinlar e’tiboriga teatrning sahnalashtiruvchi rejissyori Soriyev Begzod tomonidan sahnalashtirilgan, muallif Akbar Abdullayev qalamiga mansub “DO‘STLIK BOG‘I” spektakli namoyish etildi.
💥 Mehr-oqibat, do‘stlik va ezgulik g‘oyalari bilan sug‘orilgan ushbu tomosha bolajonlar qalbiga quvonch, iliq taassurot va unutilmas lahzalar ulashdi.
🌈 Bolalar kulgusi — san’atimizning eng katta mukofoti!
🌐 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatrining Matbuot xizmati (https://jizzaxpuppet.uz/)
