12-fevral kuni
🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatrida bolajonlar kulgusi va quvonchi hukm surdi.
Jizzax shahrida joylashgan ONMTM tarbiyalanuvchilari teatrimiz mehmoni bo‘lishdi. 👶✨
👫 Kichkintoy tomoshabinlar uchun teatr aktyori, bo‘lajak rejissyor Islomov Toshpo‘lat tomonidan rus xalq ertagi asosida sahnalashtirilgan “BO’RI VA TULKI” spektakli namoyish etildi.
💥 Sahna ortidan yangragan beg‘ubor kulgilar, bolalarning quvonchga to‘la nigohlari tomoshaning naqadar iliq va samimiy o‘tganidan dalolat berdi.
Spektakl bolajonlarga unutilmas lahzalar, cheksiz quvonch va sehrli kayfiyat ulashdi.
🌐 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri Matbuot xizmati (https://jizzaxpuppet.uz/)
